Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şanhay Hamkorlik Taşkiloti sammiti munosabati bilan Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida bölib turibdi. Sammit doirasida Özbekiston yetakçisi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinping bilan muzokara ötkazdi.
Uçraşuv avvalida Özbekiston yetakçisi xitoylik hamkasbiga Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yöllagan samimiy tabrigi hamda Özbekiston–Xitoy köp qirrali munosabatlarini mustahkamlaşga qöşayotgan şaxsiy hissasi uçun minnatdorlik bildirdi.
Kelgusi yilda ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 35 yil töladi. Uşbu qutluğ sanani keng nişonlaş böyiça tadbirlar dasturini tayyorlaş taklif etildi.
Sönggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Barça darajalarda aloqalar izçil mustahkamlanib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengaymoqda.

Tomonlar taşqi siyosat idoralari örtasidagi tizimli strategik muloqotni davom ettiriş va parlamentlararo aloqalarni yanada çuqurlaştiriş muhimligini taʼkidladilar. Özbekiston “yagona Xitoy” siyosati hamda “uç yovuz kuç”ga qarşi qatʼiy kuraşni doimiy qöllab-quvvatlaşi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Ötgan yili ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 18 milliard dollarga yaqinlaşdi. Kelgusida uning yanada ösişiga işonç bildirildi.
Yaqin yillarda tovar ayirboşlaş hajmini 30 milliard dollarga yetkaziş böyiça yangi marrani belgilaş taklif etildi. Şu maqsadda sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini özaro yetkazib berişni köpaytiriş hamda Özbekiston korxonalarining Xitoyda ötkaziladigan savdo körgazmalarida faol iştirokini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar davom ettiriladi.
Amaldagi qöşma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard dollarni taşkil etmoqda. Özbekistonda 6 mingdan ortiq qöşma korxona faoliyat yuritmoqda.
Energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, quriliş materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, transport va infratuzilma, qişloq xöjaligi hamda yuqori texnologiyalar sohalarida sanoat kooperatsiyasining istiqbolli yönalişlari belgilandi. Raqamli iqtisodiyot, toğ-kon sanoati, mineral resurslarni özlaştiriş va qayta işlaş sohalaridagi “ösiş nuqtalari” kengaytiriladi.















