GFR taşqi işlar vaziri Frank Valter Ştaynmayyerning fikriça, YeI va Buyuk Britaniya örtasidagi kelgusi aloqalar rivoji, ularning bir-birini naqadar diqqat bilan tinglaşiga boğliq böladi, deb xabar qilgan RIA «Novosti».

U, Fransiya, Italiya va Benilyuks mamlakatlari taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuvidan avval, jurnalistlar bilan ötkazgan muloqotida şunday fikrlarni bildirgan. 

«Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişiga oid savollarning hammasi ham oydin emas. Barçasi, biz bir-birimizni qançalik diqqat bilan eşitişimizga boğliq», — degan Germaniya taşqi işlar vaziri. 

Uning aytişiça, bugungi kunda Yevropa tinçlik va barqarorlikning loyihasining amaldagi muvaffaqiyatli aksidir. 

Avvalroq, AQŞ prezidenti Barak Obama Britaiya referendumi natijalarini GFR kansleri Angela Merkel bilan muhokama etgani xabar qilingan edi.

 

foto:© AFP 2016/ John MacDougall