Ayollarimiz doim bolasi uçun yelib yuguradi. Zulxumor hamma ayollar qatori tirikçilik qilib, binoyidek  çoyşablar tikib, sotib, pul topib, şuning ortidan ikkita guldek farzandlarini boqayotgandi. Biroq u jinoyatning jirkanç köçasiga kirdiyu çoyşablar tikişni yiğiştirdi qöydi. Söngra u uç marotaba sudlanib, öziga tegişli jazolarini ham oldi. Afsuski, bundan töğri xulosa çiqarmadi. Ozodlikning kadriga yetmadi.
Zubayda ham hali yoş bölişiga qaramay,  ikki  marotaba jinoyatga qöl urib, öz jazosini oldi. Ammo tavbasiga tayanmadi. Şuning ortidan turmuş örtoği u bilan ajraşişga qaror qildi. Örtada bitta bola tirik yetim bölib qoldi. 
Bundan jahli çiqqan ayol endi işlaşni emas, balki qanday qilib bölsada, osongina pul topiş yöllarini izlardi. 
Kör körni qoronğuda topibdi, deganlaridek ayollar bir-birlarini Çilonzor tumanidagi Şuhrat dahasidan topişdi. Öşa atrofdagi kafelardan biriga kirib, xöp suhbatlaşişdi, dardlaşişdi. Opa singil tutinişdi.
—Meni ikkita çiroyli qizlarim bor. Agar mijoz topib bersangiz, sizni quruq qöymayman. Topib kelgan mijozlaringizning har biri uçun 5.000 sömdan pul beraman, — dedi Zulxumor Zubaydaga ayyorona boqib.
Bu taklif işlamasdan tişlaşni xohlaydigan, pulga öç ayolginaga yoqib tuşdi.  
Şundan söng ikkovlon Zulxumor topgan va ijaraga olgan Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan biriga borişdi. 
Bu xonadonni körib olgan Zubayda endi bu yerga har kuni har xil mijozlar olib borib turdi va Zulxumorga hisobot berib bordi. Şunga qarab, belini oğritmasdan pul topişni boşladi.
Kunlarning birida Zulxumorga Zubayda qönğiroq qilib, uyali telefoniga  paynet şoxobçasidan beş ming söm pul ötkazişini iltimos qildi. 
—Hozir yonimda pulim yöq. Fohişalik bilan şuğullanadigan qizlarim teri-tanosil kasalliklari dispanseriga tuşib qoldi. Ularni u yerdan olib çiqiş uçun bor pullarimni sarflab qöydim, — dedi muğombirlik bilan Zulxumor unga pul bergisi kelmay.
Oradan  bir hafta vaqt ötgaç, Zulxumorning özi Zubaydaga qönğiroq qilib qoldi. 
—Qizlarni dispanserdan olib çiqdim. Endi ularga tezroq mijoz topib, olib kelavering.
Zubayda bu gaplarni eşitib darhol “ov”ga çiqdi. Uning tuzoğiga uzoq viloyatdan “Farhod dehqon bozori”da guruç sotaman deb kelgan, ikkita barvasta erkak ilindi. 
Ayol bu erkaklarga ular bilan uçraşadigan qizlarning husni jamoliyu, qanday qilib ularning qulfi dilini oçişini aytib, maqtab, yölda ötayotgan taksilardan birini uşlab ötirğizdi. Özi esa haydovçining yoniga ötirib, manzilni unga tuşuntirdi.
Haydovçi ularni ayol aytilgan manzilga olib kelib qöyib, öz yölida davom etdi.
Zubayda yana erkaklarni aldab, avrab, uçraştiradigan qizlarini yeru kökka siğdirmay maqtab ketayotgan edi, tösatdan röparasidan IIB xodimlari çiqib qolişdi va ulardan şubhalanişib söroqqa tutişdi:
—Şaxsingizni tasdiqlaydigan hujjatlaringiz bormi?
—Keçirasiz, uyda qolgan hujjatim. Xohlasangiz, olib borib körsataman, — dedi Zubayda  hozirjavoblik bilan.
—Qayerga borayapsizlar?
—Yakkasaroy tumanida joylaşgan xonadonimizga. Bu kişilar — mening mehmonim. Xorazmdan kelişgan, — dedi ayol ularning söroqlaridan norozi bölib tönğillaganiça.
—Unda, hammamiz birgalikda boramiz, mehmon bölamiz, — dedi uning özini tutişidan şubhalangan IIB xodimlaridan biri. 
Keyin ular birgalaşib aytilgan xonadonga borişdi.
IIB xodimlari u yerdagi xonadondan sakkiz nafar har xil yoşdagi yigitlarni va ikki nafar fohişalik bilan şuğullanayotgan ayollarni körişdi. Ularning har biridan tuşuntiriş xati olişdi.
Fohişalik bilan şuğullanadigan qizlarga Zulxumor har oyda 300.000 sömdan maoş berişi ham aniqlandi.
Sud Zulxumorga nisbatan jazo tayinlaşda uning aybiga qisman iqrorligini, qilmişidan qattiq puşaymonligini, muqaddam  ham xuddi şu  turdagi jazoni ötab çiqqanligini, öziga tegişli xulosa çiqarmasdan yana şunday iş bilan maşğulligini,  jinoyat sodir etganligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum etdi.
Sud Zulxumor  Abdusattarovani tört yil muddatga, Zubayda  Nasrullayevani uç yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Essiz bunday ayollarga ona degan nom!

Xonbibi HIMMAT qizi