Ukraina respublikasi sobiq boş vaziri Arseniy Yatsenyuk 27 iyundan 30 iyungaça, Vaşingtonga safar qiladi, deb xabar qilinmoqda "Xalq fronti" partiyasi rasmiy saytida. 

Qayd etilişiça, uşbu taşrif Oq uy ma'muriyati taklifiga binoan amalga oşiriladi. U, "Yatsenyuk hukumati davrida boşlangan islohotlarni qöllab-quvvatlaş masalalariga bağişlanadi". Bundan taşqari, xalqaro xavfsizlik hamda "Rossiya agressiyasiga qarşi jahon hamjamiyati örnini mustahkamlaş» borasida fikr almaşiladi.

Yatsenyuk Vaşingtonga safari doirasida AQŞ savdo vaziri Penni Prittsker va moliya vaziri Jyeykob Lyu bilan uçraşadi. Şuningdek, senatorlar Riçard Durbin, Robert Korker va Jon Makkeyn bilan muloqot ötkazadi. 

28 iyunda esa, Yatsenyuk AQŞ vitse-prezidenti Jozef Bayden bilan uçraşadi.