Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4-noyabr, çorşanba kuni keçqurun oldindan eʼlon qilinmagan taşrif bilan Ispaniyaga keldi. Ertasi kuni u mamlakat boş vaziri Pedro Sançes va qirol Filipp VI bilan uçraşdi. Reuters va dpa agentliklari xabar berişiça, Zelenskiy Madridda ötgan 30-Ibero-Amerika sammitining yakuniy kunida ham iştirok etdi.

Zelenskiy tadbirda qatnaşgan Lotin Amerikasi davlatlari rahbarlarini «dunyo bu jinoyatlardan xabar topişi uçun» Ukrainadagi uruş, xususan, Rossiyaning Kamişevaxaga bergan zarbasi haqida gapirişga çaqirdi.

Ukraina rahbari öz nutqida mintaqa davlatlari Kievga qanday yordam berişi mumkinligiga ham töxtaldi. Jumladan, u Braziliya, Meksika, Argentina va Kolumbiyadan transformatorlar, Çilidan esa elektr kabellari yetkazib beriş imkoniyatini tilga oldi.

Şu munosabat bilan Ispaniya boş vaziri Ukrainaga faqat Yevropa mamlakatlarigina yordam berişi kerak emasligini taʼkidladi.

«Dunyo Ukrainani ozodlik va xalqaro huquq uçun kuraşida qöllab-quvvatlaşi şart, aks holda <...> biz “kuçlining haqligi”ni qonuniylaştirgan bölamiz», - dedi Sançes.

Ispaniya qiroli bilan uçraşuvini izohlar ekan, Zelenskiy Ukraina havo hujumidan mudofaasini kuçaytiriş masalasida «Ispaniyaning qöllab-quvvatlaşiga umid qilayotganini» bildirdi.

3-noyabrda Zelenskiy Berlinda Mers bilan uçraşgan edi

Ukraina rahbarining Ispaniyaga taşrifi uning Germaniyaga oldindan eʼlon qilinmagan taşrif bilan borişidan bir kun keyin amalga oşdi. Berlinda u federal kansler Fridrix Mers bilan uçraşdi.

Uçraşuvdan söng siyosatçilar qöşma matbuot anjumani ötkazdi. Mers, jumladan, Ukraina rahbarining 14–15-dekabr kunlari Mayamida bölib ötadigan G20 - «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari sammitida iştirok etişini qöllab-quvvatladi.

Zelenskiy, öz navbatida, Germaniyaga yordami uçun minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muzokara ötkaziş imkoniyatini rad etdi. U yuzma-yuz uçraşuv zarurligini taʼkidladi.

Zelenskiyning Berlin va Madridga safarlari Rossiya, AQŞ va Ukraina örtasida Abu-Dabida bölib ötadigan uç tomonlama muzokaralardan bir neça kun oldin amalga oşdi. Uçraşuvda qatnaşadigan AQŞ rahbarining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytişiça, muzokaralar 10–11-noyabr kunlariga belgilangan.