Sayyorada yaşovçi gumanitar yordamga muhtoj aholi soni rekord darjaga – 130 mln nafarga yetdi. BMT joriy yilda dunyo mamlakatlariga ularning 95,4 mln nafarini qöllab-quvvatlaş maqsadida 16 mlrd dollar mablağ ajratişni söradi. Bu haqda gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi ma'lum qilgan.
Boşqarma ma'lumotiga köra, ötgan yili donor mamlakatlar gumanitar yordamga muhtoj odamlarga 19,7 mlrd dollar hisobida mablağ ajratgan bölsa, endilikda uşbu miqdor 21,6 mlrd dollarga oşgan. Ayni damda ajratilişi kerak bölgan summaning faqatgina 5,5 mlrd miqdoridagisi kelib tuşgan.
Bundan taşqari, Iroq, Suriya, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudanda ketayotgan uruşlar sabab gumanitar yordamlar yarim yölda yöq qilinmoqda.
Bugungi kunda boşqarma bor e'tiborini Kamerun, Niger, Nigeriya va Çad davlatlaridagi yordamga muhtoj aholiga qaratgan. Çunki bu davlatlar hududida “Boko Haram” terrorçilik taşkiloti öz jinoiy işlarini amalga oşirmoqda.











