Özbekiston BAAning davlat vaziri, BMTdagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nuseybaning nomzodini Boş kotib lavozimiga körsatiş töğrisidagi qarorini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanişiça, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangi boş kotibini tayinlaş jarayoni global çaqiriqlar kuçayib borayotgan şaroitda BMT nufuzini mustahkamlaş va uning faoliyati samaradorligini oşirişda alohida ahamiyat kasb etadi.

“Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Birlaşgan Arab Amirliklarining davlat vaziri, BMT huzuridagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nusaybani Taşkilot Boş kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari suriş töğrisidagi qarorini olqişlaydi.

BMTning yangi Boş kotibi yuksak kasbiy mahorat, boy diplomatik tajriba va xalqaro tinçlik hamda xavfsizlikni saqlaş, şuningdek, barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarini birlaştiriş qobiliyatiga ega bölişi lozim, deb hisoblaymiz” , – deyiladi bayonotda.

Amaldagi boş kotib Antoniu Guterrişning vakolatlari 2026-yil oxirida tugaydi. BMTning yangi rahbari 2027-yil 1-yanvardan öz vazifasini bajarişga kirişişi kerak.

Boş kotib beş yil muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanişi mumkin. BMT Nizomiga muvofiq, uni Xavfsizlik Kengaşi tavsiyasi asosida Boş Assambleya tayinlaydi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengaşi yangi boş kotib nomzodi böyiça kelişuvga erişa olmagani aytilgandi.