Toşkentda ta'lim-tadqiqot töqimaçilik texnoparkining quriliş işlari boşlandi. Texnopark Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hududida qad rostlaydi. Loyiha Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vazirligi bilan hamkorlikda «Özbekengilsanoat» AJ tomonidan amalga oşirilmoqda. 

Loyihani moliyalaştiriş Koreya Respublikasi hukumatining "taraqqiyotga rasmiy kömak" dasturi böyiça grant mablağlari hisobiga amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Qurilişga sarflanadigan mablağlarning taxminiy qiymati 15 million dollarga baholanmoqda. Loyiha 2018 yilgaça qurib bitkaziladi. 

Rejaga muvofiq, 3 qavatli korpuslarning 4,0 ming kv.m.dan ortiq hududini öquv xonalari, körgazma uçun joylar, anjuman zallari,  laboratoriyalar, idoralar, buğxona va boşqa obektlar egallaydi. Eksperimental-ilmiy  laboratoriya 2 qavatli binoning 1,5 ming kv.m. maydonida qad rostlaydi.  
5 qavatli bino tomlariga yaşil ösimliklar boği bilan öralgan buğxona örnatiş rejalaştrilgan.