AQŞdagi 25 ta badavlat oilaning umumiy mablaği 722 mlrd dollarni taşkil etmoqda, bu ötgan yilgi körsatkiçga qaraganda 11 mlrd dollarga kamayganini anglatadi. Uşbu ma'lumotlarning Amerikaning Forbes jurnali e'lon qilgan.
Ma'lumotda keltirilişiça, qayd etilgan oilalar AQŞdagi yirik korporatsiya va korxonalarning egalari hisoblanadi. Ular orasidagi ayrimlarining moddiy poydevoriga 1800 yillarda asos solingan. Jurnal eng boy oila sifatida Walmart univermaglar tarmoği egasi hisoblanmiş Uoltonlar oilasini körsatgan. Oilaning moddiy ta'minoti 130 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yili uşbu natija 149 mlrd dollarni qayd etgan edi.
Ikkinçi örinda Koxlar oilasi bormoqda, ular hisobida 82 mlrd dollar mablağ bor. Aka-uka Çarlz va Devid Koxlar tasarrufida AQŞdagi eng yirik xususiy kompaniya hisoblanmiş Koch Industries kiradi. Uçinçi örinda Mars oilasi 78 mlrd dollar mablağ bilan kirgan. Ular dunyoga maşhur Mars Inc. Şirinliklar işlab çiqaruvçisini boşqarişadi.
Forbes bahosiga köra, ötgan natijalarga köra, 25 oiladan 12 tasining puli kamaygan, 10 tasiniki esa ortgan. Ikkita oilaning natijasi öşandayligiça qolgan.







