PwC kompaniyasi dunyoning 12ta eng yirik megapolislarida aholi jon boşiga töğri keladigan kuzatuv kameralari böyiça tadqiqot ötkazib, uning natijalarini e'lon qildi. Unga köra, Rossiya poytaxti Moskva ikkinçi öringa munosib körilgan, deb xabar qilgan "Moskva" şahar yangiliklar agentligi. Poytaxt quriliş siyosati departamenti rahbari Sergey Levkin şu haqda ma'lum qilgan.

Röyxatning birinçi örnini London şahri egallagan. Ma'lumotlarga köra, Moskvada har ming kişi hissasiga 11,63 dona kuzatuv kamerasi töğri keladi. Bu raqam, Honkongdagidan 2 marta, Pekin körsatkiçidan 6 martaga köp demakdir. 

Tadqiqotda şuningdek, Nyu-York, San-Paulu, Berlin, Singapur, Mexiko, Şanxay, Tokio va Seul şaharlariga oid raqamlar ham keltirilgan.

Bundan taşqari, Levkinning qayd etişiça, «Axborot şahri» dasturini amalga oşiriş natijasida Wi-Fi hududlari böyiça ham Moskva Seuldan keyingi ikkinçi örinni egallagan.