Taniqli söz ustasi Obid Asomov Instagram’dagi öz sahifasida xonanda Ahror Usmonovning avtohalokat tufayli ahvoli oğir ekanligi haqida söz yuritadi. Ma'lum bölişiça, Ahror Usmonov Xonanda Alijon Isoqovga tegişli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining bordyurga urilib, ağdarilib ketişi oqibatida tan jarohati olgan.
«Inson ertaga nima bölişini bilmaydi. Ajoyib ovoz sohibi, yaxşi ukam Ahror Usmonov avtohalokat sabab, bir haftadirki, juda oğir ahvolda yotibdi. Muxlislarimizdan iltimos, şunday aziz kunlarda şu yigitning haqqiga duo qilinglar. Bolalarining, özbek san'atining baxtiga soğayib ketsin», — deb yozadi Obid Asomov.
Ma'lumot uçun: xonanda Alijon Isoqovning Toyota Land Cruiser Prado avtomobili Çorvoq yölida avariyaga uçragan. Avtomobil içida Alijon Isoqovdan taşqari Ahror Usmonov, uning turmuş örtoği va uç qizi hamda bir şogirdi, jami yetti kişi bölgan, hodisa vaqtida avtomobilni Ahror Usmonovning turmuş örtoği boşqarayotgan bölgan.







