Kun.uz «Imarat Development» quriliş kompaniyasi hamda xaridorlar örtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat yuzasidan suriştiruv ötkazgandi. Murojaatçilarning bir qismi topşiriş muddati ötib ketgan bölsa-da, uylar hanuz bitmayotganidan, yana bir qismi esa quriliş işlari belgilangan grafikdan ortda qolayotganidan norozi. Xonadonlarning vaqtida topşirilmaganidan şundoq ham siqilib yurgan xaridorlarga kompaniya taʼsisçilari örtasida paydo bölgan nizo «dard ustiga çipqon» böldi. Sotuv ofisidagi «Imarat» sözi ham «Imtiyaz» söziga almaşib qolgan.
Jinoyat işi oçildi
1-noyabr kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi (IIBB) «Imarat Development» kompaniyasi faoliyatiga nisbatan işonçsizlik bildirib, uning rahbariyatiga qonuniy çora körişni söragan fuqarolarning arizalari asosida jinoyat işi qözğatilganini maʼlum qildi.
IIBB xabariga köra, kompaniya ofisi poytaxtning Sergeli tumani, Buyuk avlod köçasida joylaşgan bölsada, rejalaştirilgan köp qavatli uylar aslida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida barpo etilişi közda tutilgan. Turar joy majmuasining poytaxt hududidan taşqarida ekanligi baʼzi xaridorlarning eʼtiroziga sabab bölgan va ular kompaniya rahbariyatidan xonadonlar uçun tölangan pullarni qaytarişni talab qilişgan. Rasmiy xabarda taʼkidlanişiça, fuqarolarning mablağlari hozirga qadar qaytarib berilmagan.
Tekşiruv natijalariga köra, «Imarat Development» rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 192 prim.11-moddasi (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan vakolatlarni suiisteʼmol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Toşkent şahar IIBBning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, jinoyat işi doirasida ikki kişi uşlangan. Ulardan biri aynan Marat Hamdamov. Boşqarma xabarida boş harflari J.A. sifatida körsatilgan ikkinçi şaxs Marat Hamdamovning şerigi sifatida körsatilayotgan Jasur Azizov bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun, Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasiga köra suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning uşlab turiş, gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qiliş haqidagi qarori asosida içki işlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organ xodimi uşlangan şaxsni eng yaqin içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa taşkilotga darhol olib borişi şart.
«Hamkorlik evaziga Maratdan uy olgandik»
Eʼtiborga molik yana bir jihat şundaki, «Imarat Development» loyihalari öz vaqtida bir qator taniqli şaxslar, sanʼatkorlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan keng tarğib qilingan. Öşa paytda uşbu kompaniyani maqtab, uni xalqqa işonç bilan tavsiya etgan bu insonlar minglab fuqarolarning quruvçiga sarmoya kiritişida öziga xos «köprik» vazifasini ötagan. Buni qurilişga pul kiritib, uni ololmay yurgan insonlar ham tasdiqlaydi.
Xususan, «Imarat Development» loyihalarining asosiy tarğibotçilaridan biri bölgan Akmal Mirzo videomurojaat bilan çiqib, kompaniya bilan reklama hamkorligi davomida öziga va jamoasiga berilgan törtta xonadonni qaytarib berganini taʼkidlab ötdi. Uning aytişiça, kompaniya bilan oğzaki kelişuvga köra, mijozlar norozi bölgan taqdirda hamkorlikni bekor qiliş közda tutilgan bölgan.
Sobiq deputat, Ekologiya qömitasi raisi maslahatçisi Rasul Kuşerbayev ham «Imarat» atrofidagi mojaro yuzasidan munosabat bildirib, Marat Hamdamov bilan avval ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qilgani va undan xayriya işlari uçun yordam olganini tan oldi. Öz navbatida, Kuşerbayev quriliş kompaniyasining tarğibotida iştirok etgani uçun mijozlarning pullari yoki xonadonlarini qaytarib olişiga huquqiy yordam berişga tayyorligini bildirdi.
«Imarat» loyihalarini kim quryapti?
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestridagi maʼlumotlarga köra, Sergeli City loyihasini qurayotgan «Transport Free Group» MÇJ 2020-yil may oyida röyxatdan ötgan. Ustav fondi - 1 mlrd söm. Faoliyat turi -turar joy binolarini quriş.
Korxona taʼsisçilari sifatida Abdikomilov Behruz Baxrom öğli (70 foiz) va «Imtiyaz JD Development» MÇJ (30 foiz) keltirilgan. Şuningdek, Marat Hamdamovda ham 0,01 foiz uluş qoldirilgan. Rahbar sifatida ham Behruz Abdikomilov körsatilgan.
Tuzel Park loyihasida esa quruvçi sifatida «Perfect Mansions» MÇJ iştirok etyapti. Kompaniya 2022-yil 18-martda Toşkent viloyatida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 46,8 mlrd söm. Faoliyat yönalişi – turar joy binolarini quriş. Rahbari – Boboqulov Ilhom Şozamonoviç. Kompaniyaning 98,4 foizlik uluşdori sifatida Saitov Bahrom Şuhratoviç körsatilgan. 1,6 foizlik uluşdor - Dilşodov Muhammad Jasur öğli.











