Rossiyaning Irkutsk viloyatida örmon yonğinlarini öçiriş bilan band bölgan Il-76 samolyoti belgilangan vaqtda qutqaruvçilar bilan aloqaga çiqmadi.

"Irkutsk viloyatining Kaçugsk tumani hududidagi samolyot aloqaga çiqmadi. Bu hudud osmoni örmon yonğinlari tufayli qalin tutun bilan qoplangandi", deyilgan RIA Novosti xabarida.

Bu samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9:19da (Moskva vaqti bilan soat 5:19) Krasnoyarskdan havoga kötarilgan. U 70 daqiqadan keyin aloqaga çiqişi kerak edi, ammo bu sodir bölmadi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yöqolgan samolyot bortida ekipajning 5 nafar a'zosi va 5 nafar qutqaruvçi bölgan.

Rossiya FVVning Inqirozli vaziyatlarni boşqariş milliy markazi boşliği ma'lumotiga köra, bu samolyotni qidiriş işlariga 8ta samolyot jalb etildi.