Suriyadagi jangarilar egallab turgan pozitsiyalariga havo zarbalari beriş uçun Örta yer dengizidagi «Admiral Kuznetsov» aviataşuvçi kreyseri samolyotlaridan foydalaniladi. Ular, 2016 yil oktabr oyidan 2017 yil yanvarigaça jangovar topşiriqlarni amalga oşiradi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi Moskvadagi harbiy diplomatik manbasiga tayangan holda. 

Uning aniqlik kiritişiça, Xmeymim bazasi aviatsiya bölinmasi harbiy uçuvçilari hamda kema aviatsiyasi uçuvçilari özaro hamkorlik qilişadi. Aviataşuvçi kema Suriya çegaralari yaqiniga langar taşlaydi. 

Avvalroq, Rossiya Şimoliy flotidagi manba, mudofaa vazirligi «Admiral Kuznetsov» aviataşuvçi kreyserini 2016 yil yozida Örta yer dengiziga safarbar etmasligini bildirgan edi.