Rossiya Içki işlar vazirligining Migratsiya xizmati xabariga köra, yangi normalar 2026-yil 3-noyabrda kuçga kirdi.
Jinoyat-protsessual kodeksining jarimalardan taşqari maʼmuriy deportatsiyani nazarda tutuvçi moddalari soni 22 tadan 45 tagaça köpaydi.
Xususan:
davlat çegarasini qöriqlayotgan politsiya xodimi yoki harbiy xizmatçining talablariga rioya qilmaslik;
mayda bezorilik va jamoat tartibini buziş;
ommaviy tadbirlarni ötkaziş qoidalarini buziş;
internetda inson qadr-qimmati va jamoat axloqini kamsituvçi maʼlumotlarni tarqatiş;
jinsi, irqi, millati, tili, yoşi, diniy mansubligi va boşqa xususiyatlari böyiça kamsitiş;
natsistlar va ekstremistik ramzlarni tarğib qiliş, ekstremistik materiallarni tarqatiş;
favqulodda holat, terrorizmga qarşi operatsiya yoki harbiy holatni buziş.
Bundan taşqari, deportatsiyani boşqa jazo turi bilan almaştirib bölmaydigan jinoyatlar röyxati kengaytirildi. Xususan, unga giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq jinoyatlar ham kiradi.
Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Rossiyaga kelganlar qonunga rioya qilişi, rus tilini bilişi va mamlakat madaniyati va anʼanalarini hurmat qilişi kerakligini taʼkidladi. Uşbu çoralar jamoat xavfsizligini oşiriş va migratsiya sohasida tartib örnatişga qaratilgani aytilmoqda.












