Hamma qayergadir şoşgan, uzoqdagi manzil sari halloslagança oşiqayotgan... Bugunning kundalik manzarasi şunday. Biroq endi yölni möl yuriş şart emas! Şahardagi eng tirband köçaning töxtaş taqiqlangan yerida turgan bölsangiz ham, sizga xizmat körsatişga şay taksilarning turnaqatori bir zumda paydo böladi. Istalganiga ötirib yölga otlanasiz. Kelişilgan narxni tölaysizu, evaziga haydovçi sizni favqulodda yuqori tezlikda manzilingizga eltib qöyadi. Yöl qoidalari-çi? Amal qiliş şart emas deganday haydovçi tirband köçalardan yöl belgilariga mutlaq parvo qilmagan holda uçib boradi. Maqsad bitta – yölovçining pulini olsayu tezroq qutilsa. Zero,yangi yölovçilar kutmoqda. Bu degani mömaygina daromad! Biroq bir jihatni nazardan çetda qoldiribmiz, haydovçi!
Bu jihat – Xavfsizlik!
Xöş, öşa sizni manzilga eltişga oşiqayotgan maşina egasidan sörab köring-çi, nima uçun yöl qoidalariga amal qilmaydi? Balki, öşa qoidalarni bilmasdir? Şunday bölsa, nima uçun maşinasiga begona odamni ötkazib, uning soğliği, manziliga bexatar yetib olişiga kafil böladi?!
Afsuski, bu holat bugun şu qadar ommalaşib ketganki, allaqaçon bunga parvo ham qilmay qöydik. Darhahiqat, oddiy yölovçi maşinalarning noqonuniy ravişda kirakaşlik qilişi odatga aylandi. Göyoki, odamlarimizda «Maşina bor, demak kirakaşlik qilsam böladi» degan tasavvur şakllanib qolganday. Albatta, rözğor tebratiş har qanaqa odamning turmuş taşvişi. Biroq har qanday kasbni egallaş uçun uquv, malaka, mahorat lozim emasmi?
Gap inson hayoti, xavfsizligi haqida ketarkan, albatta, masalaga yuzaki yondaşib bölmaydi. Tegişli hujjatlarsiz kirakaşlik qilayotganlar yölovçining xavfsizligi uçun heç qanday kafolat berolmaydi. Qolaversa, texnik holati noma'lum, haydovçisi zarur uquvga ega bölmagan avtomaşinalarda yölovçi taşiş aqlga siğmaydi. Maqsadi çöntakni qappaytiriş bölgan haydovçilarimiz bu haqda heç öylab körganmikan?Mamlakatimizda yönalişsiz taksilar faoliyatini tartibga soliş bilan boğliq qator me'yoriy hujjatlar qabul qilinganidan xabardormikan?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yönalişsiz taksilar faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisda”gi Qarori (2011 yil 18 may, 139-son)ga asosan 2012 yilning 1 yanvaridan şaxsiy avtomaşinasiga ega fuqarolarning litsenziyasiz kira qilişi taqiqlanadi. Biroq 2015 yilning özida 6185 nafar haydovçi tegişli hujjatlarsiz kirakaşlik qilayotganida qölga tuşgan. Noqonuniy taksistlarning aytişiça, ularning maqsadi “xalqning oğirini yengil qiliş”. Ha, lekin elga xizmat qonunga xiyonat orqali amalga oşiriladimi? Qolaversa, xalqimiz xizmatiga yarab turgan qonuniy taksilar ham bor. Hozirgi paytda 224 korxona yönalişsiz taksi sohasida faoliyat körsatyapti. Jami taksilar soni – 2901ta. Bu korxonalarda haydovçilar maxsus imtihonlardan ötkazilib, ularning salomatligi doimiy ravişda nazorat qilib turiladi. Heç qanday ruxsatnomayu litsenziyaga ega bölmagan, şunçaki pul topiş maqsadida yölovçi taşiyotgan haydovçilar-çi? Ularning yetarli uquvga ega ekaniga kim kafil? Qolaversa, bu sohaning ham öz talablari bor. Vazirlar Mahkamasining “Yönalişsiz taksilar faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisda”gi Qaroriga asosan, yönalişsiz taksi xazmatlarini körsatadigan har bir avtotransport texnik jihatdan soz holatda bölişi, ularda bank plastik kartoçkalaridan tölovlarni qabul qiladigan hisob-kitob terminalining mavjud bölişi şart.
Masalaning boşqa tomoni ham bor. Özbekiston Respublikasi qonunlariga binoan, daromadga qaratilgan har qanaqa faoliyat xususiy tadbirkorlik hisoblanib, davlat tomonidan soliqqa tortilişi şart. Şunday ekan, yaşirinça kirakaşlik qiliş qonunga ziddir. Bu soliqlardan boş tortiş deb baholanadigan bölsa, ma'muriy jinoyat hamdir.
Yöllarimizdagi vaziyatni nazoratga olişning vaqti keldi. Çunonçi, bugun sodir bölayotgan yöl-transport hodisalarining aksariyati öşa noqonuniy kirakaşlarning şoşma-şoşarligi tufayli yuz bermoqda. Bugun aksariyat hamşaharlarimizni jiğibiyron qilayotgan yöl tirbandligi ham ana şu vajdan vujudga kelmoqda. Noqonuniy taksilarning bekatlarda turnaqator turişi, töxtaş mumkin bölmagan joyda yölovçi olişi, odamlar gavjum yerlar, masalan, bozorlar atrofida yiğilib turişi natijasida köplab köngilsizliklar sodir bölmoqda.
Negaki, yuqorida ta'kidlanganiday, yöl çetida turgan odamni aynan özining maşinasiga ötkazib, pul işlaş niyatida bölgan kirakaşlar duç kelgan yerlarda töxtab, boşqa avtomobillarning harakatlanişiga tösiq bölmoqda.
– Aynan noqonuniy taksilar tufayli köçalarimizda tartibsizlik vujudga kelmoqda, – deydi Toşkent şahar IIB “Yöl harakati xavfsizligi” boşqarmasi inspektori Alişer Abduqodirov. – Ular töxtaş va töxtab turiş qoidalariga umuman amal qilmaydi. Yölovçini oliş maqsadida bir birini quvib ötiş, hatto katta yölda poyga öynaşdan ham tap tortmaydigan haydovçilarimiz tufayli bu masala jiddiy muammoga aylandi.
Masalaga teran yondaşadigan bölsak, noqonuniy kirakaşlikning avj olib ketişi nafaqat pulga öç haydovçilarning, balki yölovçilarning ham aybidir. Aynan ular duç kelgan maşinaga ötirib, texnik holati va haydovçisining uquvi haqida heç qanday ma'lumotga ega bölmay noqonuniy taksi xizmatidan foydalanadi. Vaholanki, har kim öz xavfsizligi uçun avvalambor özi qayğurişi kerak. Şunday emasmi? Siz nima deysiz: yölovçi taşiş uçun şaxsiy avtomobilning bölişi kifoyami?!
Mohlaroyim QAYuMOVA,
ÖzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi










