Raqobat qömitasining tegişli buyruği bilan “Uklon UB” MÇJ XK taksi agregatorlari xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.
Qaror yölovçilarni taşiş uçun buyurtmalarni joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatişga imkon beruvçi vositaçilik - agregatorlik xizmatlari bozoriga taalluqli.
Qömita Kun.uz söroviga javoban bildirişiça, qaror Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida qabul qilingan. Xususan, platformaning oylik örtaça faol yakuniy foydalanuvçilari soni 50 ming nafardan, tuşumi miqdori esa BHMning 100 ming baravaridan oşgan. Qömita kompaniyaning foydalanuvçilari soni va tuşumining aniq miqdorini keltirmagan.
Kompaniyaning ustun mavqeyini suiisteʼmol qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida uning faoliyatida monopoliyaga qarşi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi. Şuningdek, raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilişi monitoring qilib boriladi.
Eslatib ötamiz, 2024-yil oktabrida Raqobat qömitasi “YandexGo UB” kompaniyasini ham taksi agregatorlari xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etgandi. Bundan avval, 2023-yil dekabrida kompaniya uşbu bozorda ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi subyekt deb topilgan.
Ukrainada taşkil etilgan Uklon servisi Özbekistonda 2023-yil 22-iyunda iş boşlagan. Kompaniya dastlab Toşkentda taksi buyurtma qiliş xizmatini yölga qöygan. Servisning öziga xosligi şundaki, unda yölovçilar safar narxini oşirib yoki pasaytirib körsatgan holda buyurtma beriş imkoniga ega.

















