Maşhur hind aktrisasi Karina Kapur homilador, u dekabr oyida ona bölişi kutilmoqda. Buni uning turmuş örtoği, hind kinoyulduzi Saif Ali Xon rasman tasdiqladi. Bu haqda Indian Express xabar qildi.
Manbaga köra, juftlikning ilk farzandi dekabr oyida dunyo yuzini köradi. Ularning muxlislari bu yangilikni köpdan beri orziqib kutişgandi. Saif Ali Xon öz muxlislarini ularning haqqiga qilgan duolari uçun minnatdorçilik bildirdi.
"Turmuş örtoğim va men sizlarga şuni ma'lum qilamizki, biz ilk farzandimizning dekabr oyida dunyoga kelişini orziqib kutmoqdamiz. Bizning haqqimizga duo qilgan yaxşi niyatli muxlislarimizga va bu xabarni sabr bilan kutgan matbuot vakillariga çin dildan minnatdorçilik bildiramiz", - dedi Saif.
Bu Karinaning birinçi farzandi, Saifning esa uçinçi farzandi böladi. Uning avvalgi turmuşidan ikki farzandi bor (qizi va öğli).
Karina Kapur va Saif Ali Xon 2012 yilda oila qurişgan.











