3 iyul kuniga ötar keçasi Iroq poytaxti Bağdod şahrida navbatdagi mudhiş terakt amalga oşirildi. Ha, navbatdagi... Sönggi ma'lumotlarga köra, ana şu teraktda halok bölganlar soni 200 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar ham 200 kişidan oşgan. Bir tasavvur qiling-a, 400 nafardan ziyod kişining ölimi va azoblanişiga sabab bölişdi.

Iroqdagi bu kabi voqealarga biz kabi dunyo ahli ham örganib qolgan şekilli, mamlakatda yuz berayotgan xunrezliklarda 100 nafar odam qurbon böladimi, 500 nafarmi farqi yöq, ha, u Iroqda bomba portlayveradi, ha u Bağdodda odamlar ölib ketaveradi, degan xayol keladi. Ammo öşa yerda ham inson yaşaşi, uning ham bu dunyodan yaxşilik olişga, röşnolik körişga, bola östirişga, kelin tuşirişga, uy qurişga, umuman, hayotini insonga xos körinişda yaşab ötişga amerikalik, yevropalik va boşqa ...liklar singari yuz foiz haqi bor.

U iroqlik bölgani uçun mudhiş ölimga mahkum emas... U bağdodlik bölgani uçun itdek ölib ketaverişga ham mahkum emas... Inson qayerda bölmasin yaşaşga haqli!
Bir aççiq haqiqatni sözim boşidan beri aytaman deymanu, ammo yana nimalanidir öylab, şunça gap gapirib taşladim. Ammo aytmasam bölmas...

2015 yilning 13 noyabrida Fransiya bölgan teraktda ham ança odam halok böldi, ular soni 150 dan oşdi.


Ammo şundan keyin butun internet olamida, ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya motamiga bağişlab turli aksiyalar, turli Pray for Paris singari tadbirlar taşkillaştirildi.

Şaxsan guvohi bölganim, “Feysbuk” ijtimoiy tarmoğida istagan foydalanuvçi öz surati fonida Fransiya bayroğini qöyiş imkoniyatiga ega böldi.

2016 yilning 22 martida Belgiyada seriyali teraktlar böldi. Unda 31 kişi halok böldi, 340 kişi turli darajada tan jarohat oldi.

Şundan söng, Belgiyaning özida “Qörquvga qarşi marş” bölib ötdi. Taşkillaştirilgan motam tadbirida deyarli butun Yevropa ahli qatnaşdi.
Umuman olganda, Yevropadagi yoki AQŞdagi teraktlar sadosi ham xuddi şunday körinişda böldi. Aytmoqçi bölganim, dunyo ahli nega odam ajratmoqda. Teraktlarda bir kişi halok böladimi yoxud 100 kişimi, nega barça xalq qayğusiga teng şeriklik qilinmayapti. Yevropalik yoki AQŞlik oqsuyak bölgani, uning teraktda ölişi mumkin emasligi, mabodo şunday iş bölib qolsa, butun dunyo aks sado berişi kerakmi? Eng qiziği, obrösi baland davlatlarda terakt bölsa, dunyo OAV har bir daqiqa, har bir santimetrgaça yoritib boradi. Ammo Afğoniston, Pokiston, Suriya, Iroq singari davlatlardaşi dahşatli teraktlar “falonça odam öldi, falon kişi yaralandi”, deya nihoyasiga yetkaziladi.
Nega Turkiyada har uç kun orasida önlab odam halok bölsa, dunyo jim turadi? Nega Iroq yoki Suriyada yuzlab odamlar burda-burda bölib ketsa, dunyo ahli mudraydi? Afğoniston, Pokiston, Misr, Tunisdagi teraktlarda qurbon bölgan yuzlab begunohlarni nega heç kim eslamaydi.

Bir tin olib, yozganlarimni muşohada qilaman. Odam ajratmayapmanmi, din ajratmayapmanmi, degan savollarga javob topişga urinaman. Tabiatga boqqan kimdir undagi axlatni körsa, yana kimdir gözallikni köradi, xuddi şu kabi, yozganlarim ham hammaga birdek yoqmasligi aniq.

Ammo kim nima desa desin, kim qanday fikr bildirsa, bildirsin, biroq bir qarorimni heç kim heç qaçon özgartira olmagay. Inson qayerda yaşaşidan qat'i nazar u insondek yaşaşga haqlidir!
Sarvar Anvar öğli







