Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

Jumladan:

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
   
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
  
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
  
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani;

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid;

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi  Iyad bin Amin Madaniy
o‘z tabriklarini yo‘llaganlar.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.