Rossiya qöşinlari nazoratidagi Zaporijjya atom elektr stansiyasida şu hafta dronlar bilan boğliq uçta hodisa sodir böldi. Bu haqda 28-avgust kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) maʼlum qildi.

Agentlik maʼlumotiga köra, birinçi hodisa 25-avgust, seşanba kuni stansiyaning sovitiş hovuzi yaqinida yuz bergan. Uning oqibatida AESning ikki xodimi jarohatlangan.

Ertasi kuni, 26-avgustda stansiya hududiga yana ikkita uçuvçisiz uçiş qurilmasi zarba bergan.

Dronlardan biri işlatib bölingan yadro yoqilğisini quruq saqlaş maydonçasida portlagan. Ikkinçi dron esa energobloklar tizimiga tegişli suv sepiş qurilmasiga zarba bergan.

AEXA uşbu hodisalarga qaramay, Zaporijjya AESdagi radiatsiya foni meyor darajasida saqlanib turganini bildirdi.

Agentlik boş direktori Rafael Grossi yadroviy obyektlarga hujumlarni «qabul qilib bölmaydigan» holat deb atadi. U yadroviy avariya xavfining oldini oliş uçun tomonlarni yana bir bor maksimal darajada harbiy vazminlikka çaqirdi.

Zaporijjya AES 2022-yil aprelidan beri Rossiya qöşinlari egallab turgan Ukraina hududida joylaşgan va Rossiya tomoni nazorati ostida.

AEXA bayonotida mazkur dronlarni kim uçirgani haqida maʼlumot keltirilmagan.