Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning Yevroittifoqdan çiqiş masalasiga doir referendumning takroriy ötkazilişi haqidagi petitsiyaga rad javobini berdi. Bu haqida petitsiya berilgan saytda xabar qilindi. 

Referendum parlamentning barça palatalari tomonidan yaxşilab işlab çiqilganligi ta'kidlandi. Manbaga köra, bunday saylov “avlodda bir marta ötkaziladi” va boş vazir Devid Kemeron aytganidek, qaror hurmat qilinişi kerak.  

Ma'lum bölişiça, takroriy referendum ötkaziliş taşabbusiga rad javobi berilgan bölsa-da, petitsiya parlament tomonidan körib çiqiladi, çunki u 100 mingdan ortiq ovoz töplagan. 

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqiş masalasiga bağişlangan takroriy saylov ötkazilişi talab qilingan petitsiya 4 milliondan ortiq kişi tomonidan imzolangan. 
 
Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişiga doir referendum 23 iyun kuni bölib ötdi. Unda Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz töplab, ğalabaga erişişdi.