Amerikaning Boeing aviasozlik korporatsiyasi, yangi samolyotlar bozori hajmiga oid öz qaraşlarini e'lon qildi. Unga köra, yaqin 20 yilda yangi havo laynerlariga bölgan talab dunyo böylab 4,1foizga oşadi. Boeingning taxmin qilişiça, kelasi 20 yilda 39 620 dona turli rusumdagi samolyotlar işlab çiqariladi. Ularning bozordagi umumiy qiymati 5,9 trln dollarni taşkil etadi. Aviakorporatsiya öz başoratlarini Farnboro aviakörgazmasining birinçi kunida e'lon qildi. 

Boeing Commercial Airplanes marketing bölimi vitse-prezidenti Rendi Tinsetning sözlariga köra, hisobot davrida torsalonli samolyotlarga bölgan talab ortib, jami 28 140ta yangi havo laynerlari işlab çiqariladi. 

"Şubhasiz, Amerika kompaniyasining Boeing MAX 8 va MAX 200 havo laynerlari torfyuzelyajli samolyotlar bozorining negizini taşkil etadi. Hozirdanoq, uşbu turdagi havo kemalari bozorning 76 foizini qamrab olgani, şunday deyişga asos böladi", - degan Rendi Tinset.  

Kompaniyaning taxminiça, kengsalonli samolyotlar borasida talab 9 100tani taşkil etadi. Bu rusumli havo kemalariga eng yuqori talab 2021-2028 yillarda kuzatiladi. Ayni şu davrda mavjud samolyotlar almaştirila boşlanadi. Boeingga köra, vaqti kelib juda yirik samolyotlar öz örnini 787, 777 va 777X kabi örta va tor salonli samolyotlarga böşatib beradi. 

Aviatsiyada yuk taşiş hajmi esa yiliga 4,2 foizga kötariladi. Buning uçun 930 ta yangi va 1 440 dona özgartiriladigan yuk samolyotlari işlab çiqariş lozim böladi. 

Mintaqalar böyiça Osiyo yetakçilik qilib, 15130 ta samolyotga buyurtma beradi, Şimoliy Amerika 8330ta havo kemasi sotib olsa, 7570 dona laynerni Yevropa xarid qiladi. MDH mamlakatlariga 1170ta samolyot yetkazib berilişi taxmin qilinmoqda. Mintaqalar orasida eng kam xarid Afrika qit'asi tomonidan amalga oşiriladi. Uşbu qit'a mamlakatlariga jami 1150 dona yangi havo layneri yetkazb beriladi.