GM Uzbekistan AJ matbuot xizmatining xabariga köra, gaz ballonli uskunalar örnatilgan va siqilgan gaz (metan)da işlaydigan Lacetti avtomobillari kuz mavsumidan Özbekiston bozoriga çiqariladi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» internet naşri.
GM Uzbekistan zavodi maşinalariga örnatilayotgan gaz ballonlari uskunalarini Italiyaning Faber kompaniyasi (ballonlar) va «Özavto-Landi Renzo» özbek-italyan qöşma korxonasi (kapotosti uskunalari töplamlari) yetkazib bermoqda.

Lacettiga örnatiladigan tizim YeSe R110 (BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi) talabiga javob beradi va General Motors korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. Şu bilan birga, «Özstandart» agentligining sifat sertifikati ham olingan.

Avtomobilga GM PowerTrain Uzbekistan kompaniyasining siqilgan gazda işlaşga moslaştirilgan 1,5-litrli dvigateli örnatilgan bölib, uning silindr-porşen qismi va klapan mexnizmlari takomillaştirilgan.

GM Uzbekistan AJning ta'kidlaşiça, gaz ballonli avtomobillarni işlab çiqarişning barça bosqiçida sifat nazorati qat'iy ta'minlanadi va gaz çiqiş-çiqmasligi, barça tizimlarning diagnostikasi ötkaziladi.










