Rossiyalik boksçi Sergey Kovalyov 79,38 kggaça vazn toifasida uçta obröli xalqaro boks taşkilotlarining çempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U, Rossiyaning Yekaterinburg şahrida taşkil etilgan 12-raundli boks keçasida malaviyalik Ayzek Çilembadan oçkolar böyiça ustun keldi. 

Kovalyov Butunjahon boks taşkiloti (WBO) tasnifi böyiça sakkizinçi marta, Butunjahon boks uyuşmasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) tasniflari böyiça 4-bor öz unvonini himoya qilgan. Sergey faoliyatining sönggi 5  yili davomida ilk marotaba Rossiya ringida jang ötkazgan.