Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ozodlik havosidan töyib nafas olgan xalq öz yölidan heç qaçon qaytmaydi” va “Hayot sinovlarida toblangan Qaşqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallaşga qodir” nomli kitoblari “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr etildi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
Uşbu kitoblardan ana şu suhbatlar paytida prezident tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar örin olgan bölib, ularda nafaqat Surxon va Qaşqa vohalari, balki butun mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti, Özbekistondagi tinçlik va osoyiştalikni, obod va farovon hayotni yanada mustahkamlaş va qadriga yetiş, olib borilayotgan keng kölamli islohotlarni çuqurlaştiriş, bunyodkorlik işlarini yangi bosqiçga kötariş, yoşlarni soğlom va barkamol qilib tarbiyalaş kabi öta muhim va dolzarb masalalar böyiça fikr yuritiladi.
Uşbu kitoblarda tarixan qisqa muddatda Termiz, Qarşi va Şahrisabz şaharlarining tanib bölmaydigan darajada özgarib, Özbekistonning eng yirik, jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylangani aniq misollar asosida tahlil etiladi.
Islom Karimov kitoblarida mustaqillik yillarida özbek xalqi, mamlakat erişgan barça yutuq va marralarda Özbekistonning hamma hududlari qatori Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari mehnatkaşlarining ham munosib hissasi borligi çuqur minnatdorlik bilan e'tirof etiladi.
Hajman kiçik, lekin mazmunan çuqur bu kitoblarni “Ozodlik havosidan töyib nafas olgan xalq öz yölidan heç qaçon qaytmaydi” degan hayotiy haqiqat boş ğoya sifatida birlaştirib turadi.







