Aston Martin kompaniyasi 2020-yildan söng, örtahajmli motorga ega superkar işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda, Britaniya modelining boş dizayneri Marek Reyxman sözlariga asoslangan holda The Drive xabar qilmoqda.
Yangi maşinani işlab çiqişda gibrid giperkar AM-RB 001 texnologiyasidan foydalaniladi. Giperkar Red Bull kompaniyasi va uning boş muhandisi Edrian Nyui bilan hamkorlikda işlab çiqilgandi.
«Aston»ning boş dizayneri, şuningdek, AM-RB 001ga oid yangi tafsilotlar bilan örtoqlaşgan. Supergibridga butunlay yangi 12 silindrli agregat örnatiladi. U, DB11 modeli uçun işlab çiqilgan 5,2-litrli, V12 biturbo motoridan kuçliroq va yengilroq böladi. Dvigatel daqiqasiga 11 ming marotaba aylaniş imkoniga ega. Avvalroq, AM-RB 001ning quvvat manbasiga trek superkari Vulcanning 7 litrli 112 silindrli motori ham örnatilişi mumkinligi xabar qilingan edi.
Aston Martin va Red Bullning qöşma supergibridi iyul oyi boşida namoyiş etilgandi. Norasmiy ma'lumotlarga köra, «Aston» uşbu modelning yöl namunasidan 99tadan 150 donagaça va 25 tagaça poyga namunasini işlab çiqişni rejalaştirgan.

Uning narxi 3,3 million yevro atrofida bölişi aytilmoqda. Kompaniyaning ilk mijozlari 2017 yildayoq öz maşinalarini olişi mumkin.











