Yoz faslida öquvçilar maktab ta'tiliga çiqişadi, bunday paytda ota-onalar farzandlarining faolligi va qiziquvçanligini bir maromda uşlab turişlari muhim.
Ruhşunoslarning ta'kidlaşlariça, yozgi ta'til dam oliş va kuçlarni qayta tiklaş uçun ajoyib imkoniyat yaratadi, şu bois bu davrdan samarali foydalaniş lozim.
Şuningdek ta'tillar butun oila uçun "yozgi reja"ni işlab çiqiş uçun ajoyib imkoniyatdir. Ota-onalar öyin-kulgu va ijodiy faoliyat örtasida muvozanatni töğri uşlab turişlari kerak.
Amerika psixiatriya va nevrologiya markazining bolalar nevrologi Orif Xon yoz faslining bolalar va kattalar uçun foydali ötişi uçun asosiy omillarni sanab ötdi.
Kun tartibi yoki haftali reja

Bola kunini qanday ötkazişini oldindan bilişi uçun kunlik yoki haftalik reja tuzing. Masalan: ertalab soat 8:00da nonuşta, 9:00da velosipedda yoki piyoda sayr qiliş, 10:00da televizor köriş va hokazo. Kun tartibi yoki haftalik reja oldindan tuzilsa, bolaning keraksiz narsalarga çalğişga va zerikişga vaqti bölmaydi, şuningdek bu bilan baxtsiz hodisalarning oldi olinadi.
Bolalar nima bilan şuğullanayotganiga e'tiborli böling va ularni rağbatlantiring

Televizor yoki kompyuter qarşisida soatlab ötirgan farzandingizga diqqat qiling. Ularni harakat qilişga undovçi işlarga yoki öyinlarga çorlang, bolalarni rağbatlantiring. Zero, köp ötiriş va keraksiz narsalarni tomoşa qiliş bolalar uçun zararlidir.
Bolalar va oromgohlar

Bugungi kunda bolalar yozda dam olişlari uçun köplab oromgohlar xizmat körsatmoqda. Farzandingizning qiziqişi va qobiliyatidan kelib çiqib, unga munosib oromgohni tanlang. Yozgi oromgohlarda bolalarda öziga işonç va hurmat hissi ortadi, çunki bu yerda maktabdagidek raqobat yöq, bolalar özlarini erkin his etişadi, tengdoşlari bilan muloqot qilişadi. Siz sportga yoki ijodiy faoliyatga yönaltirilgan oromgohlarni tanlaşingiz mumkin.
Öz fikrini bayon qilişga örgatiş
Bolalarni ijodiy faoliyatga jalb qiliş juda katta foyda beradi. Bu şunçaki taom tayyorlaş, kitob mutolaa qiliş yoki biror bir öyin öynaş bölişi mumkin.
Farzandingiz bilan birga taom tayyorlab, unga nima foyda-yu nima zarar ekanligini örgatişingiz mumkin, quruq gapdan köra, birgalikdagi faoliyat asosida tuşuntiriş işlarini ötkaziş ijobiy natija körsatadi.
Bolalar bilan aqlni çarxlovçi hamda köngiloçar öyinlar öynang. Şunda bolaning fikrlaşi yanada rivojlanadi, şu bilan birga oila a'zolari özaro jipslaşadi. Farzandlarini oromgohlarga yuboriş imkoni bölmagan ota-onalar ular bilan park, muzey, teatr, karaoke yoki baliq tutişga borişlari mumkin, şuningdek ularni san'at hamda hunarmandçilik yönalişlari böyiça tögaraklarga olib borişlari mumkin.
Uxlaş vaqtini aniq belgilab bering

Uyqu vaqtini belgilab beriş bolani kun tartibiga rioya qilişga va kerakli hordiq bilan ta'minlaşga yordam beradi. Uyqu yetişmovçiligi bolaning fikrlaşiga hamda kun böyi özini tutişiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Uyqu yetişmasligi natijasida bola notinç va giperfaol bölişi ehtimoli yuqori. Bundan taşqari vaqtida uxlamagan bola köp ovqat yeydi, bu esa ortiqça vazn töplaşga sabab böladi. Xullas, öz vaqtida uxlamagan bolaning soğliğida jiddiy muammolar paydo bölişi mumkin. Şu bois farzandingizni uxlaşga yotadigan va ertalab uyğonadigan vaqtini uning soğliğiga zarar yetmaydigan qilib belgilab bering.
Unutmang, bolalar ota-onalari bilan ötkazilgan vaqtni juda qadrlaşadi. Şunday ekan, nafaqat yozgi ta'til davrida, balki yil davomida ularga bee'tibor bölmang! Zero, farzandlar - bizning kelajagimiz.











