Qon bosimi ölçanganda, raqamlar 105/70 körsatkiçidan past darajani körsatsa, bu - gipotoniya (ilmiy tilda - gipotenziya) deb ataladi. Uning alomatlari – boş aylanişi hamda oğrişi, köngil aynişi, umumiy holsizlik. 

1. Şunday insonlar borki, ularda past qon bosimi vegetativ asab tizimiga xos tuğma xususiyat hisoblanadi. Bu odatda astenik tipdagi kişilarda ( biroz nimjon, teri rangi oç bölgan kişilar)
 kuzatiladi , ular aholining taxminan 7 foizini taşkil qiladi. Bunday insonlar juda bardoşli va işçanligi bilan ajralib turmaydi, lekin faol hayot tarzi olib borişadi va qon bosimi past ekanini sezişmaydi, biroq ularning qon bosimi köpçilik uçun me'yor hisoblangan (120/80 ) körsatkiçga kötarilsa,  ahvoli oğirlaşadi. 

2. Past qon bosimi köpinça yurak sohasidagi yetişmovçilik belgisi hisoblanadi. Bunda qon yaxşi aylanmaydi hamda tomirlar böşaşadi. Bunday holatlar yurakning yalliğlaniş – endo va miokarditlar fonida yuzaga keladi, bu esa köpinça angina va tumov asorati böladi. Yurak sohasidagi buzilişlarga EKG jarayonida oydinlik kiritiş mumkin. 

3. Tomir distoniyasi, bunday holatga ikki xil omil sabab böladi: simpatoadrenal va parasimpatik (atsetilxolin). Psixiatrlar bu borada “Insonning joni yurakda emas, buyrakda” deb hazillaşişadi, axir stress gormonlari buyrak ustida işlab çiqiladi-da! 

- Adrenalin (“tajovuzkor gormon”) insonni jonlantiradi, qon bosimini oşiradi, terlatadi, disforiyani keltirib çiqaradi, tajovuzkorlikni oşiradi. 

- Atsetilxolin (“zaiflik gormoni”), aksinça, qon bosimini tuşiradi, sovuq ter çiqaradi, yoqimsiz zaiflik, siqiliş va çorasizlikni keltirib çiqaradi. 
- Ba'zi insonlarda aralaş belgilar kuzatiladi, ya'ni atsetilxolin va adrenalin reaksiyalar ketma-ket almaşadi. Bu qon bosimining öynaşiga olib keladi,  inson bir isib, bir sovqotib, tuşunarsiz ahvolga tuşadi, - deydi psixiatr, psixoterapevt, psixosomatika böyiça mutaxassis Anatoliy German. 

4. Qon bosimining pasayişi ba'zi dori vositalarining aks ta'siri bölişi ham mumkin. Qon bosimini tuşiradigan dori vositalari: 
- yurak dorilari (nitroglitserin vositalari, beta-adrenoblokatorlar);
- katta dozadagi antibiotiklar;
- oğriq qoldiruvçi dori vositalari;
- oddiy tinçlantiruvçi dori vositalarining (korvalol, valokordin, turli giyohli damlamalar) katta dozalarda içilişi. Valeryanka nisbatan yengil ta'sir körsatadi. 

5. Oşqozon yarasi va pankreatit xuruj qilganda, qon bosimi birdaniga tuşib ketişi mumkin. Bunday holatda odatda oşqozon sohasidagi oğriqdan taşqari umumiy holsizlik va sovuq ter kuzatiladi. Bu simptomatik gipotoniya bölib, oşqozonni tuzatişingiz bilan qon bosimingiz me'yorga qaytadi. Şuningdek har qanday qon ketişida ham qon bosimi pasayadi.

6. Gipotoniya köpinça depressiyaning ba'zi körinişlarini özida namoyon qiladi:
- astenik – ruhiy tuşkunlik. Bunda inson özini juda çarçagan his qiladi va bu uning taşqi körinişida ham aks etadi, hattoki keskin ozib ketişgaça olib keladi. 
- apatik. Bunday kişilar atrofdagi narsa va hodisalarga mutlaqo befarq bölib, heç nima qilişni istaşmaydi, ularni xursand ham, xafa ham qilib bölmaydi. 
- angedonik. Bu - quvonç hissini yöqotiş, his-tuyğulardan toliqiş. 
Buyuk imperatorlar va omadli işbilarmonlarning depressiyasi. 

7. Soğlom kişilar tomirlarning kengayişi bilan boğliq tibbiy muolajalar olganda, hammom yoki saunaga kirganda, issiqlik vannalarini qabul qilganda, qon bosimi keskin tuşib ketiş ehtimoli bor. Buğli xonalarda 5-7 daqiqadan ortiq turiş tavsiya qilinmaydi. Şuningdek hammomga kirayotganda yoki undan çiqqandan keyin spirtli içimlik içiş mutlaqo taqiqlanadi.