Yevroittifoq Afğonistondagi politsiya missiyasi muddatini 2016-yildan keyingi davrga uzaytirişi mumkin. Ammo, hozirça, yakuniy qaror qabul qilingani yöq, deb ma'lum qilgan Yevropa kengaşidagi manba RIA Novosti agentligiga. 

YeIga a'zo 28 davlat taşqi işlar vazirlari Bryusselda bölib ötgan navbatdagi yiğilişida, YeI " EUPOL missiyasining 2016 yildagi muddati poyoniga yetganidan keyin ham afğon hukumatining fuqaro politsiyasini mustahkamlaş çoralarini qöllab-quvvatlaşga sodiq"ligini ta'kidlagan.

Şu paytga qadar, boş qarorgohi Kobulda joylaşgan xalqaro politsiya kontingenti tarkibiga 250 nafar politsiyaçi va 200 nafar mahalliy huquq posbonlari kirgan. EUPOL 2007 yil iyunidan beri Afğonistonda öz missiyasini ötkazib keladi.