“CNN Türk” telekanali boşlovçisi Hande Firat Germaniyaning Bild jurnaliga bergan intervyusida Turkiya prezidenti bilan harbiy töntaruv harakatining eng avjida Erdöğanning yordamçisi bilan aloqa vositalarini muhokama qilganini sözlab berdi. Oxir-oqibat jurnalist ayol va prezident tarixiy ahamiyatga ega bölgan qönğiroqni Apple videoaloqasi bölgan FaceTime orqali amalga oşirişgan.
Firatning sözlariga köra, 15 iyul, juma kuni u uçun oddiy iş kuni bölgan: u iş kunini tugatib, uyiga borgan va dam olmoqçi bölgan. Ayolning hamkasblari Anqarada ğalati voqealar sodir bölayotganini aytişgan: köçalarda zobitlar paydo bölgan, ularning ba'zilari politsiya xodimlarining qurollarini tortib olgan. Şu tariqa jurnalistni “CNN Türk” yangiliklar studiyasiga qaytarişgan.
Rajab Toyyib Erdöğanning yordamçilaridan biri - Hasan Döğan jurnalistni prezident matbuotda çiqiş qilmoqçi ekanligini aytib ogohlantirgan. Öşa payt davlat rahbari Marmaris mehmonxonasida bölgan.
“Men matbuot uçun muhim xabar borligini ma'lum qildim. Bir soat ötdi hamki, xabardan darak yöq, keyin ma'lum bölişiça, şu payt prezident joylaşgan mehmonxona ustidan ikki vertolyot öq oçgan bölgan ekan.
Firat prezident yordamçisiga qayta murojaat qilib, millat oldida vaziyatga oydinlik kiritişni söragan. Biroq Erdöğanning yordamçisi xabar berilib bölganligini aytgan.
“Biz Periscope orqali xalqqa xabar berdik”, - deya javob bergan Döğan. Şunda Firat u haqida köpçilik heç narsa bilmasligi, “CNN Türk” telekanali uçun ham maxsus xabar berişni söraydi.
“Öşa payt mehmonxonaga uyuştirilgan hujum tufayli hamma u yerni tark etib ulgurgan, şu bois na kamera, na biror bir uskuna bölmagan. Men buni telefon orqali amalga oşirişni taklif qildim. U prezident bilan maslahatlaşib, menda Skayp bor yoki yöqligini söradi. Men ularga buni FaceTime orqali amalga oşirişni taklif qildim. Ular darhol menga FaceTime’dan qönğiroq qilişdi va men ekranda prezidentni kördim”, -deydi Firat.











