Qirğiziston, Qozoğiston, RF va Tojikiston çegaraçilari hamkorlikda “Çanub-2016” operatsiyasini ötkazişdi. Operatsiya davomida qurol-yaroğ, harbiy anjomlar olib qöyildi, şuningdek terrorçilikka aloqador şaxslar qölga olindi. Bu haqida qirğiz çegara kuçlari ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar berdi.
“Maxsus "Çanub-2016" opreatsiyasi mamlakatlarning taşqi çegaralarida noqonuniy transçegaraviy jinoiy faoliyatni oldini oliş maqsadida uç bosqiçda ötkazildi”, - deyiladi xabarda. Operatsiyaga tört davlatning çegaraçilaridan taşqari şu mamlakatlarning huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari ham jalb qilindi.
"Çanub-2016" operatsiyasi ötkazilgan uç hafta içida davlat çegara tartibini buzganlik uçun 28 kişi qölga olindi, 56 ta qurol-yaroğ va harbiy anjomlar olib qöyildi, şuningdek ekstremistik va terrorçilik faoliyatiga aloqador 15 nafar şaxs va 50 nafar qidiruvda bölgan kişilar uşlandi.
Qirğiz çegara kuçlarining ma'lum qilişiça, mamlakat vakillari maxsus operatsiya çoğida “öz oldilariga qöyilgan vazifani töliq bajarişgan”.











