Ispaniya Içki işlar vazirligi ma’lum qilişiça, 8-avgustdan e’tiboran Italiyadan keladigan yölovçilar portlar va aeroportlarda pasport, fuqarolik hamda viza böyiça qöşimça tekşiruvdan ötkaziladi. Vaqtinçalik nazorat çoralari kamida 7 sentyabrgaça saqlanib turadi.
Rasmiy Madrid bu qarorni Italiya noqonuniy migrantlar bosimiga duç kelayotgani va xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilganini ma’lum qildi.
Bu çoralar Italiya ötgan hafta Seuta şahrida yuz bergan ommaviy migrantlar oqimidan keyin Ispaniyadan keluvçi uçinçi mamlakat fuqarolariga nisbatan Şengen kelişuvi qoidalarini vaqtinça çeklaganidan söng qabul qilindi.
Bundan avval Ispaniya rasmiylari Rimni 9-avgustga qadar uşbu çeklovlarni bekor qilişga çaqirib, aks holda Italiyadan keluvçilar uçun ham şunga öxşaş nazorat çoralari joriy etilişidan ogohlantirgan edi.
Italiya hukumati esa Madridning «ultimatumlari»ni qabul qilmasligini bildirib, Ispaniya orqali keluvçi uçinçi mamlakat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan çeklovlar kamida 15-avgustgaça saqlanişini ma’lum qildi.
Italiya boş vaziri Jorja Meloni ma’muriyatining ta’kidlaşiça, Ispaniya rasmiylari 15-avgust kuni Seutaga migrantlarning yangi ommaviy oqimi bölişi mumkinligi haqida oldindan ogohlantirgan. Şu sababli Rim yangi xavf yöqligiga işonç hosil qilmagunça çeklovlarni bekor qilmasligini bildirgan.
Ispaniya Fuqarolik gvardiyasi ham ijtimoiy tarmoqlarda 15-avgust kuni Seuta çegarasini yana ommaviy ravişda kesib ötişga çaqiruvlar tarqalayotganini tasdiqladi. Biroq bu harakatda qança odam iştirok etişi hozirça noma’lum.
Reuters agentligining qayd etişiça, hozirgi mojaro Yevropa Ittifoqi mavjud bölgan davrda Ispaniya va Italiya örtasidagi eng sovuq diplomatik munosabatlardan biriga aylangan. Sönggi oylarda ikki mamlakat rahbarlari AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan ham taşqi siyosat masalalarida bir neça bor bahslaşgan.
Ötgan hafta Marokaşdan ön minglab migrantlar Ispaniyaning Şimoliy Afrikadagi Seuta anklaviga dengiz va quruqlik orqali noqonuniy ravişda kirib kelgan edi. Şahar aholisi taxminan 85 ming nafarni taşkil etadi. Migrantlar dengiz orqali avtomobil şinalari, havo töldiriladigan halqalar va boşqa qölbola vositalar yordamida ötişga uringan.

















