Finlandiya Rossiya bilan çegarada uzunligi 200 kilometr bölgan tösiq qurilişini yakunladi, deb xabar berdi YLE News.
Çegara tösiği metall devor, uning yonidan ötuvçi yöl va örmonsiz hududdan iborat. Devorga kuzatuv kameralari, çiroqlar va ovozkuçaytirgiçlar örnatilgan.
Quriliş Finlandiyaga 356 million yevroga tuşdi. Tösiqqa texnik xizmat körsatiş xarajatlari yiliga 1,5 million yevroni taşkil etişi kutilmoqda.
Tösiq mamlakatning 17 ta munitsipaliteti hududidan - Laplandiyadan to Fin körfazi sohillarigaça bölgan hududda qurilgan. U mingga yaqin yer egasiga qaraşli yerlardan ötkazilgan. Davlat ularga jami qariyb uç million yevro tovon puli tölagan.
Yer egalaridan biri - Finlandiya janubidagi Virolahti hududida yaşovçi Raymo Yokela sudga murojaat qildi. U çegara tösiği sababli dalalarni ijaraga berişdan olinadigan daromad kamayib ketganidan norozi bölgan. Yokela va uning qarindoşlari tösiq qurilişi yönalişini özgartirişni talab qilgan, biroq sud ularning şikoyatini rad etgan.
Tösiq qurişdan maqsad - Finlandiyaga noqonuniy kirişning va «yönaltirilgan migratsiya» deb ataluvçi holatning oldini olişdir, deb yozdi YLE News.
Tösiq qurilişi haqidagi ilk takliflar mamlakatda 2022-yilning kuzida muhokama qilina boşlangan. Öşanda Vladimir Putin safarbarlik eʼlon qilganidan söng bir dam oliş kunining özida Yevropa Ittifoqi mamlakati hududiga 17 mingga yaqin rossiyalik kirib borgan edi. Qurilişning özi esa 2023-yil bahorida boşlangan.
Rossiya-Finlandiya çegarasining umumiy uzunligi qariyb 1300 kilometrni taşkil etadi. Qurilgan tösiq qismlari çegara böylab turli hududlarda joylaşgan.
2023-yil kuzida Finlandiya hukumati mamlakatga kirişga uringan xorijliklar soni keskin oşişi fonida Rossiya bilan çegarani yopgan edi. Reuters maʼlumotlariga köra, avgustdan dekabrgaça bölgan davrda Rossiya çegarasini 1300 nafar boşpana izlovçi, asosan Suriya, Somali va Yaman fuqarolari kesib ötgan. Xelsinkining fikriça, Moskva migrantlarni uyuşgan holda çegaraga yönaltirib, migratsiya inqirozini ataylab yuzaga keltirgan. Rossiya hukumati bu ayblovlarni rad etdi.
Boltiqböyi mamlakatlari - Latviya, Litva va Estoniya ham Rossiya bilan çegarada tösiqlar qurmoqda yoki qurib bölgan.









