Qozoğistonning Jambil viloyatidagi «Qorasu» avtomobil ötkaziş punktida Qirğiziston tomon harakatlanayotgan 400 ga yaqin yuk maşinasi töplanib qoldi. Bu haqda Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, transport oqimining oşişi vaqtinçalik xususiyatga ega bölib, bunga bir neçta omil sabab bölgan.

«Yuk maşinalarining töplanişiga xalqaro yuk taşuvlarining mavsumiy ravişda köpaygani, şuningdek, Qirğiziston hududida yuk transportlari harakatiga joriy etilgan harorat çeklovlari taʼsir körsatgan», deyiladi xabarda.

Navbatni kamaytiriş uçun Qozoğiston tomoni çegara xizmatlari işini kuçaytirgan va ayrim yuk maşinalarini qöşni nazorat punktlariga yönaltira boşlagan. Şu bilan birga, vaziyatni muvofiqlaştiriş böyiça Qirğiziston idoralari bilan muzokaralar olib borilyapti.

Kutiş vaqtining uzoqligi qöşimça xarajat va yetkazib beriş muddatlarining çözilişiga olib kelişi hamda mintaqaviy savdoga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.