Botken viloyatining Qadamjoy tumanida yer maydonlarini almaşişning taşkiliy-texnik masalalari böyiça Qirğiziston va Özbekistonning qöşma işçi komissiyasi yiğilişi bölib ötdi.

Qirğiziston tomonidan komissiyaga mehnat vazirining birinçi örinbosari Qamçibek Dosmatov, Özbekiston tomoniga esa içki işlar vazirining birinçi örinbosari Botir Qudratxöjayev rahbarlik qilmoqda.

Tomonlar avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, jumladan, almaşiladigan hududlar aholisining fuqaroligi, ularni köçiriş, mulkiy-xöjalik va boşqa masalalarni muhokama qildi.

Yiğiliş yakunida ikki davlatning tegişli vazirliklari, idoralari va mahalliy hokimiyat organlari vakillaridan iborat qöşma işçi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Guruh almaşiladigan hududlar aholisining fuqaroligi, köçirişni taşkil etiş, davlat mulki ob’yektlarini qabul qiliş va topşiriş, fuqarolarning mulkiy huquqlarini rasmiylaştiriş, yerdan foydalaniş va aholini ijtimoiy himoya qiliş bilan boğliq masalalar bilan şuğullanadi. Şuningdek, mazkur hududlar aholisi uçun ta’lim jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi.

Uning vakillari almaşiladigan hududlarga borib, amalga oşirilgan işlar va natijalar haqida komissiya hamraislariga muntazam ravişda axborot berib boradi.