Xakerlar "Olmaota issiqlik tarmoği" nomidan şahardagi foydalanuvçilarga soxta maktublar yuborib, ularni haqoratlagan. Sökiş sözlari yozilgan ogohlantiriş maktubining suratini kompaniyaning sobiq rahbari Davron Alimbekov Facebookdagi sahifasiga joylaştirgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

"Qozoqçani tuşunmaydiganlarga: nemis santexniklari töğrisidagi filmni tasavvur qiling. Agar siz qarzingizni tölamasangiz, ular siz bilan aynan şunday qilmoqçi", - deya izoh qoldirgan Alimbekov. Uning sözlariga köra, bu kabi maktub şaharning yarim aholisiga yetkazilgan. 

"Olmaota issiqlik tarmoği" matbuot kotibasi Natalya Inkinaning izoh berişiça, şaharliklar xakerlar hujumi sabab bu kabi maktublarni olişgan. Uning sözlariga köra, ğarazgöylar kompaniya serveriga hujum qilişgan. Biroq, bundan xabari bölmagan xodimlar, maktublarni çop etib, manzillarga yuborişgan. 

"Ayni vaqtda, biz kompaniya saytida rasman uzr söradik. Biz albatta, mijozlarimizga yangi maktub yuboramiz", -degan Inkina Tengrinews.kz muxbiriga. 

Uning aytişiça, bunday maktublar asosan, şaharning Bostandik va Olmali tumanlari aholisiga tarqatilgan.