Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya öyinlarining boşlanişiga ham sanoqli kunlar qoldi. Uşbu nufuzli sport bayramida dunyoning 200 mamlakatidan kelgan sportçilar iştirok etadi. Ularning orasida Özbekiston ham bor. Braziliyaga parvoz qilişdan oldin sportçilarimiz Mustaqillik maydonida bölib, Baxtiyor ona haykali poyiga gullar qöyişdi. Bu haqida UzReport ma'lum qildi.

Olimpiyaçi sportçilarimiz şarafiga tantanali keça uyuştirildi. Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev davlatimiz rahbarining tabrigini sportçilarga yetkazdi. Öz navbatida, sportçilarimiz ham Olimpiya öyinlarida mamlakat şarafini munosib himoya qilişga hamda Vatanga yuksak mukofotlar bilan qaytişga va'da berişdi.

XXXI Olimpiya öyinlari hamda XV Paralimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimida Özbekiston bayroğini kötariş şarafiga boks böyiça jahon çempionati sovrindori Bahodir Jalolov va yengil atletika böyiça jahon çempionati sovrindori Husniddin Norbekovlar munosib deb topildi. Olimpiya öyinlariga birinçi bölib boksçilarimiz yöl olişadi. Ular San-Paulu şahrida öquv maşqini ötkazişadi.













