Aniqlanishicha, Marko Rubioga savol bergan shaxs mahalliy OAV vakili emas, Bloomberg agentligi jurnalisti Erik Martin. U Davlat kotibiga ingliz tilida murojaat qilgan. Marko Rubio esa undan Oʻzbekistonning mahalliy tilini bilish-bilmasligini soʻragan.
Jurnalist esa rus tilini chala bilishini aytgan. Shunda davlat kotibi mahalliy til oʻzbek ekani, lekin bu yerda rus tili davlat tili boʻlmasa ham koʻpchilik uni tushunishini qoʻshimcha qilgan.
Til haqidagi gap shu qisqa muloqot davomida yangrab, muhokamalarni keltirib chiqardi. Xususan, koʻpchilik jurnalistni mahalliy OAV vakili deb oʻylab, tanqid qildi.















