Yarim millionga yaqin britaniyalik davlat xizmatçisi terrorizmga qarşi kuraş dasturida tayyorgarlikni ötadi. Uşbu kurslar ularga öz iş joylarida favqulodda holatlarda zarur çoralar körişlariga yordam beradi. Bu haqda Independent naşri yozmoqda.
Buyuk Britaniya IIV ma'lumotiga asoslanib, gazetaning ma'lum qilişiça, davlat sektorlaridagi 550 ming xodim mazkur dastur doirasida tayyorgarlikdan ötgan. 150 ming nafar davlat xizmatçisi esa soğliqni saqlaş milliy xizmatida tayyorgarlik ötagan.
Naşr ma'lumotiga köra, dastur kurslarini ötagan har bir qatnaşçi onlayn yoki auditoriyada zarur maşğulotlarni bajarişgan. Maşğulotlar radikalizatsiya va ommaviy qirğinlarning oldini oluvçi davlat strategiyasiga uyğun tarzda taşkillaştirildi. Mazkur strategiya boş vazir Tereza Mey IIV rahbari sifatida faoliyat yuritgan vaqtda qabul qilingan edi.











