DW xabariga köra, Byornem 11-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida bu haqda bayonot bergan. U Rossiya dam oliş kunlari Ukraina energetika infratuzilmasiga zarbalarni kuçaytirganini bildirgan.

«Bu ukrainalik tinç aholiga hujum bölib, ularni sovuq va qoronğilikda qoldirmoqda», - deb yozgan Britaniya boş vaziri.

Byornemning maʼlum qilişiça, u 10-oktabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan «energetik sulh» masalasini muhokama qilgan. Uning fikriça, bunday kelişuv jahon bozorlariga energiya va yonilği yetkazib berişni tiklaşning eng maqbul yölidir.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 11-oktabrda Rossiya va Ukraina energetika obyektlariga zarbalarni töxtatişga rozi bölganini eʼlon qilgan edi.

«Şu paytdan boşlab Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda energetik sulh joriy etiladi. Har ikki tomon bunga rozilik berdi. Uni buzmang!» - deb yozgan u Truth Social’da.

Biroq Zelenskiy dastlab Axios jurnalistiga bunday qisman sulhga erişilganidan xabari yöqligini aytgan. U Rossiya ham rozi bölsa, taşabbusni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Keyinroq Ukraina prezidenti Kiyev Amerika tomonidan aniq tafsilotlarni kutayotganini maʼlum qilgan.

«Ukraina Qurolli kuçlari barça buyruqlarni oldi. Hamkorlarimizning bizga yordam berişi mumkin bölgan barça qadamlarini qöllab-quvvatlaymiz. Amerikaning Rossiya bilan muloqotiga oid aniq tafsilotlarni va Putin prezident Tramp aytgan gaplarni bajarişini kutyapmiz», - degan Zelenskiy.

AFP xabar berişiça, maqola eʼlon qilingan paytda Kreml bu masala yuzasidan izoh bermagan.

Agentlik AQŞda 3-noyabr kuni Kongress saylovlari ötkazilişini ham eslatgan. Yaşaş xarajatlari, xususan, yonilği narxlarining yuqoriligi saylovlar oldidan Respublikaçilar partiyasiga bosimni kuçaytirmoqda.