Nyu-York sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg Demokratlar partiyasi s'yezdida çiqiş qildi va unda AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampni firibgar deya baholadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Blumberg Trampning köp bora bankrot bölganligini va sudlanganligini eslatdi. Bundan taşqari, milliarderning ma'lum qilişiça, Trampdan farqli ravişda u öz yölini noldan boşlagan.
«Tramp mamlakatni huddi öz biznesini yuritgandek, boşqarişini aytmoqda. Xudoning özi bizga yordamçi bölsin! — dedi Blumberg öz nutqi davomida. — Men Nyu-Yorkda yaşayman va firibgarni yaxşi farqiga boraman».











