Sir emaski, Hillari Klintonning Kremniy vodiysida kuçli ittifoqdoşlari bor. Ma'lum bölişiça, Apple rahbari Tim Kuk Klintonni qöllab-quvvatlaydi va uning saylovoldi kampaniyasini moliyalaştiriş uçun pul yiğiş tadbirini ötkazişda yordam beradi. Bu haqida BuzzFeed ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Kuk mablağ töplaşda Apple kompaniyasining vakili sifatida emas, xususiy şaxs sifatida iştirok etadi. Bundan taşqari, unga atrof-muhitni qöriqlaş kompaniyasining vitse-prezidenti Liza Jyekson ham hamrohlik qiladi.
Tadbir 24 avgustda ötkaziladi. Unda Tim Kukning mehmonlar oldida sözga çiqişi kutilmoqda. Şunisi qiziqki, AQŞ prezidenti saylovlariga tayyorgarlik davomida Kuk boşqa nomzodlar tomonida ham özini körsatişga ulgurgan.
Bundan avval u respublikaçilar vakili Pol Rayan uçun pul yiğiş tadbirida qatnaşgan. Apple xodimlari, öz rahbarlari singari aniq bir tomonga röyxuşlik berişmagan, ular demokratlarga ham, respublikaçilarga ham pul vositalarini yöllaşgan. Faqat kompaniya mahsulotiga boykot e'lon qilgan Donald Trampgina bundan mustasno.











