Armaniston poytaxtidagi Sari Tax tumanida va Xorenatsi köçasida politsiya xodimlari 165 kişini qölga olişdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.

Kuni keça isyonçilar jangari guruh egallab olgan patrul-taftiş xizmati (PTX) polki binosi yonidagi politsiya tösiğini buzib kirişga harakat qilişdi. Politsiya tutundan foydalanib, olomonni töxtatdi. Töqnaşuvlarda taxminan 60 kişi jabrlandi.

PTX polkining binosi 17 iyuldan beri prezident Serj Sargsyanning iste'fosini hamda "Ta'sis parlamenti" radikal muxolifat taşkiloti yetakçisi Jirayr Sefilyanni ozod qilişni talab qilayotgan jangarilar qölida. Ular 27 iyuldan beri tibbiy xodimlar jamoasini garovga olişgan. Politsiya qurşab olgan hududda muntazam ravişda norozilik namoyişlari ötkazilmoqda.