Qora kiyim kiygan yuzlab yoşlar şahar markazida politsiya xodimlariga qölbola yonuvçi vositalar, metall tösiqlar va şişalar uloqtirdi. Kuçişlatar tuzilmalar namoyişçilarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlarni qölladi, biroq çekinişga majbur böldi. Şundan söng namoyişçilar Pyatssa-del-Duomo markaziy maydonini egallab oldi.
Töqnaşuvlar oqibatida önlab kişilar jarohatlandi, 60 kişi qölga olindi. Ularning yarmini voyaga yetmaganlar taşkil etadi.
Turin, Bolonya va Bergamo şaharlarida sodir bölgan tartibsizliklarda namoyişçilar politsiya xodimlariga toşlar va petardalar otdi.
Boş vazir Jorja Meloni tartibsizliklarni qoralab, namoyiş ötkaziş huquq ekanini, ammo şaharlarga öt qöyiş mumkin emasligini taʼkidladi.
«Bugun tinç namoyişlarda qatnaşgan minglab kişilarga katta hurmat bilan qarayman. Biroq Italiya şaharlari maydonlarida sodir bölgan voqealarni eʼtiborsiz qoldirib bölmaydi. Milanda uşbu kadrlarda körinib turganidek, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga toşlar otildi; politsiya xodimlari orasida jarohatlanganlar bor, tartibsizliklar va zöravonliklar esa yurişni töxtatişga majbur qildi. Turinda vitrinalarni sindiriş uçun yonida toşlar va bolğalar olib yurgan şaxslar qölga olindi. Bolonyada esa tartibsizliklar sababli ehtiyot çorasi sifatida temiryöl vokzalini yopişga töğri keldi», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida Milanning markaziy maydonidagi namoyişlar aks etgan videolavhalarni joylaştirib.
17-oktabr kuni Fransiyada ommaviy namoyişlar bölib ötdi – yoşlar yaşaş narxi oşişiga qarşi hamda maktablarda öqiş şaroitlarini yaxşilaş va oliy öquv yurtlariga kirişning hozirgi tizimini bekor qiliş uçun köçalarga çiqdi. Aksiyalarda 500 mingdan 800 minggaça aholi qatnaşganligi aytilmoqda.
Norozilik aksiyalari keng kölamli tartibsizliklar va talonçiliklar bilan birga keçgan. Politsiya bilan töqnaşuvlar yuzaga kelmoqda, namoyişçilarga qarşi közdan yoş sizdiruv gaz va suv purkagiçlar qöllagan. Butun mamlakat böylab mingdan ortiq kişi qölga olingan.









