29-oktabr kuni tongida Armaniston parlamentining bir guruh deputatlari majlislar zalida muştlaşib ketdi.
Muştlaşuv hukmron «Fuqarolik şartnomasi» hamda muxolifatdagi «Kuçli Armaniston» partiyalari deputatlari örtasida röy berdi. Ziddiyat deputat Taron Çaxoyanning çiqişi vaqtida yuzaga kelgan dahanaki jangdan boşlangan.
Töqnaşuv vaqtida parlament vitse-spikeri Vaagn Aleksanyan muxolifatçilar tomonga stul otgan. News.am naşri yozişiça, deputatlardan birining burni qonagan, boşqasining kiyimi yirtilib ketgan.
Majlis töxtab qolgan, ammo parlament spikeri Ruben Rubinyan majlis translyatsiyasini töxtatmagan.
Deputatlar örtasidagi töqnaşuvlar parlament yölagida ham davom etgan.
Bu Armaniston parlamentida deputatlar örtasida sodir bölgan birinçi ommaviy muştlaşuv emas. Oktabr oyi boşida ham parlament binosida muxolifat va hukmron partiya vakillari örtasida muştlaşuv bölgani xabar qilingandi.

















