Germaniyaning Myunster şahridagi konstitutsiyaviy sud Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning demokratik tamoyillarni yoqlab qilgan murojaatini töğridan-töğri efirga uzatişni taqiqladi. Bu haqda Germaniyadagi Deutsche Welle teleradiokompaniyasi xabar tarqatdi.

Xabarda aytilişiça, Erdöğanning murojaati telekonferensiya tarzida ötkazilişi rejalaştirilgan. Murojaat xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlangan.

DW naşrining aniqlik kiritişiça, 31 iyul kuni Kyoln şahrida Turkiya hukumatini qöllab-quvvatlab, 30 ming kişi tinç namoyiş ötkazadi. Xuddi şu vaqtda, Erdöğanga qarşi kişilar ham köçalarga çiqişi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, Zeit naşrida namoyiş "Ozodlik uçun, istibdod esa yöqolsin!", "Demokratiya uçun, isyonçilar yöqolsin!" şiorlari ostida ötişi aytilgandi.

Kyoln şahri politsiyasi rahbari Yurgen Matiyesning aytişiça, politsiya namoyişlarni taqiqlamoqçi emas, lekin xavfsizlik tartiblari buzilgan holda, huquq-tartibot organlari xodimlari vaziyatga aralaşadi.