Olmaotadagi terakt natijasida jiddiy jarohat olgan yana ikki nafar politsiya xodimi şifoxonada hayotdan köz yumdi. Bu haqida şahar içki işlar boşqarmasining matbuot xizmati xabar qildi. 
“Şoşilinç tez yordam körsatiş şifoxonasining jonlantiriş bölimida Ruslan Kulebekov tomonidan amalga oşirilgan terakt natijasida jiddiy jarohat olgan 2 politsiya xodimi hayotdan köz yumdi”, - deyiladi boşqarma xabarida. Şifokorlar imkon qadar  ularning hayotini saqlab qolişga harakat qilganliklari, biroq jarohatlar juda jiddiy bölganligi ta'kidlanmoqda.
18 iyul kuni Olmaotada Almali tumani IIB hamda Qozoğiston milliy xavfsizlik xizmati departamenti binolariga hujum uyuştirilib, buning natijasida huquq-tartibot organlarining 4 nafar xodimi, çegaraçi va iste'fodagi IIV xodimi halok bölgan. Ötkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida Qizilörda viloyatining 27 yoşli fuqarosi Ruslan Kulibekov qölga olindi. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarbayev Olmaotada röy bergan voqeani terakt deb atadi.