DW xabariga köra, 2-oktabr kuni eʼlon qilingan hisobotlardagi özgarişlarga «Vyorstka» naşri eʼtibor qaratgan. Maʼlumotlari yaşirilgan qatorlar hujjatlarda kulrang bilan ajratilgan.
Çeklovlar davlat xavfsizligiga oid işlar, siyosiy taʼqiblarda qöllanadigan moddalar hamda harbiylar va kuç tuzilmalari xodimlari jinoyatlariga doir maʼlumotlarni qamrab olgan.
Bedarak yöqolganlarga oid arizalar soni ham oçiqlanmagan
Yiğma statistikada fuqarolarni vafot etgan yoki bedarak yöqolgan deb topiş haqidagi sudga berilgan arizalar soni yaşirilgan.
«Vyorstka» maʼlumotiga köra, 2024-yilda Sud departamenti bunday arizalar soni rekord darajaga - 17,5 mingtaga yetganini bildirgan edi.
2025-yil oxirida esa Rossiya sudlari şunday işlarni körib çiqişga oid maʼlumotlarni öz saytlaridan öçira boşlagan.
Davlatga xiyonat va josuslik işlari böyiça raqamlar yopilgan
Naşrning yozişiça, Rossiya Jinoyat kodeksining siyosiy taʼqiblarda qöllanadigan 28 ta moddasi böyiça maʼlumotlar ham maxfiylaştirilgan.
Ular qatorida davlatga xiyonat, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, josuslik, davlat sirini oşkor qiliş, diversiya, ekstremistik hamjamiyat taşkil etiş va armiyani «obrösizlantiriş»ga oid işlar bor.
Şuningdek, «çet el agenti» majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlaş bilan boğliq statistika ham oçiqlanmagan.
Maʼmuriy işlar orasida armiyani «obrösizlantiriş», adovat qözğatiş, separatizmga çaqiriş va «çet el agenti» faoliyati tartibini buziş böyiça maʼlumotlar yopilgan.
Kuç tuzilmalari xodimlari haqidagi maʼlumotlar ham yaşirilgan
Sud departamenti harbiy xizmatçilardan taşqari sudyalar, prokurorlar, tergovçilar, politsiyaçilar va Jazoni ijro etiş federal xizmati xodimlari sodir etgan jinoyatlar böyiça statistikani ham oçiqlamagan.
Idora 2026-yil aprelida «Vajnyye istorii» naşriga bergan izohida sud statistikasiga kiriş çeklanişini «maʼlumotlarni eʼlon qiliş reglamenti özgargani» bilan tuşuntirgan.












