1 avgust kuni Rio-de-Janeyro şahrida Xalqaro olimpiya qömitasining 129-sessiyasi oçiladi. Sessiyada 2020 yilgi Olimpiada öyinlariga yangi sport turlari kiritilişi masalasi körib çiqiladi, şuningdek, ijroiy qömitaning yangi a'zolari saylanişi jarayoni ötkaziladi.
Sessiyaning keyingi kunlarida 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yana 5ta sport turi böyiça musobaqalar qöşilişi haqida qaror qabul qilinişi mumkin. Bular karate, skeytbording, syorfing, beysbol (softbol) va alpinizm. Bu sport turlari qöşilişi evaziga turnirda yana 18ta medallar jamğarmasi öynaladi, bu medallar uçun 500ga yaqin sportçi kuraş olib boradi.
Qömita a'zolari şuningdek, 2024 yilgi Yozgi Olimpiadani qabul qiliş uçun da'vogar bölgan taşkiliy qömitalarning hisobotlarini tinglaydi. 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uçun Rim, Parij, Budapeşt va Nyu-York şaharlari da'vogar. Ğolib nomi keyingi yili Limada ötkaziladigan XOQning 130-sessiyasi vaqtida ma'lum qilinadi.






